Dehqon xalqning rizqi. Ham özining,  ham elning dasturxonini tökin qiliş maqsadida yerga uruğ qadaydi, mehnat qiladi. Yil davomida xirmoni yuksak bölişi uçun harakatda böladi va samarasi yaxşi, hosili möl bölsa dimoği çoğ böladi. 

 

Ayni kunlarda yurtimizning ğalla maydonlarida örim-yiğim işlari avj pallasiga kirgan. Mutaxassislarning aytişiça, zaminimizda bu yilgi ğallaning çöği har yilgidan balandroq. Fermer xöjaliklarida kuzdan boşlab qilingan maşaqqatli mehnatning hosilidan barakali xirmon kötarilmoqda. Ayniqsa, bugun dehqonçilikka zamonaviy ilm va uslublar bilan yondaşayotgan fermerlar közlagan, çamalagan hosilini ortiği bilan yiğib olmoqda. Xususan, Ifoda bilan hamkorlik qilib 100 sentner hosil olgan fermerlar...

Buxoro viloyati Ğijduvon tumanidagi “Fayz” fermer xöjaligi bu yil gektariga oz emas, köp emas naqd 100 sentnerdan hosil olib, xirmon uymoqda.Buning sirini xöjalik rahbari Rauf aka quyidagiça izohlaydi.

– Buğdoy, paxta ekib mana Xudoga şukr, yuqori hosillarga erişib kelyapmiz. Buning sababi “Ifoda” agrokimyohimoya bilan işlayotganimiz. Ğalladan yaxşi hosil oliş uçun avvalo uruğni dorilaşdan boşlaş zarur. Biz uruğning tez unib çiqişi va kasalliklarga çidamli bölib yetilişi uçun VL-77 preparatidan foydalanib, keyin ekamiz.

Şu preparatlarni işlatganimiz uçun mana bugun 100 sentnerdan hosil olyapmiz. 

– “Ifoda” kompaniyasi bilan beş yildan beri işlab kelyapmiz. Avvallari 1 tonna 200 kg, 1 tonna 300 kg mineral öğit sarflar edik. Lekin mana bu yil 600 kg mineral öğit berib, gektariga 100 sentnergaça ğalla olsa bölar ekan.

“Qöşni fermerlar kelib, “nima qilding, nima berding?” deb söraganda biz “Ifoda”ning preparatlaridan işlatdik, dedik. Ular biroz işonmadi. Va biz “Ifoda”  bilan birga şu dalalarning özida ular uçun hudud va tuman seminarlarini ötkazdik.

“Ifoda”bilan işlab ham mineral öğitdan, ham puldan tejayapmiz. Umuman iqtisod qilyapmiz.”