Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina sharqida o‘zbekistonlik yollanma jangchi otib o‘ldirildi
3 iyul kuni, Ukraina sharqida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar davomida, «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») harbiylari safida jang qilgan o‘zbekistonlik erkak o‘ldirildi.
Bu haqda Ukraina armiyasi zobiti Anatoliy Shtefan (Shtirlits) xabar berdi. Shtefan o‘z xabariga ruxdan ishlangan tobutda yotgan Hojiakbar Sharipovning suratini qo‘shib qo‘ygan.
Sharipov Xodjiakbar Istamovich "Uzbek" (26/01/87, Tomsk/Navoi) pogib 03/07/19 v r-ne Yasinovatoy https://t.co/wzDuq1siB9 #gruz200 #Vostok #1ak #roa pic.twitter.com/4cvuFgSmv0
— Necro Mancer (@666_mancer) July 4, 2019
Shtefanning so‘zlariga ko‘ra, 3 iyul kuni o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi, Navoiy viloyatidan bo‘lgan 32 yoshli Hojiakbar Sharipovning jasadi 6 iyul kuni vataniga jo‘natilgan.
«Mirotvorets» saytida ham Sharipov yo‘q qilingani haqida xabar berildi. Ma'lumotda aytilishicha, 32 yoshli Hojiakbar Sharipov ilgari ham o‘qdan yaralangan.
Sharipovni shaxsan tanigan «DXRchilar»ning «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, asli navoiylik bo‘lgan, «o‘zbek» laqabli erkak Donetsk aeroporti uchun janglarda, shuningdek, Blesna, Avdeyevka va Promkadagi to‘qnashuvlarda ishtirok etgan, yaqin kelajakda esa O‘zbekistonga borib kelishni rejalashtirgan bo‘lgan.
Donbassdagi janglarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonliklarning soni haqida rasmiy ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026