MDH mamlakatlarida ilk marotaba tölaqonli AQŞ universitetining filiali Özbekistonda taşkil etildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4245-sonli qarori bilan Toşkent şahrida Vebster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oşiriş markazi taşkil etilgan edi. 

Vebster universitetining Toşkent şahridagi markazida 2019/2020 öquv yili uçun bakalavriatning ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlaş uçun hujjatlarni qabul qiliş boşlandi.

Bakalavriat:

👉 Biznes boşqaruvi (BA Business Administration);

👉 Iqtisodiyot (BA Economics)

👉 Media kommunikatsiya (BA Media Communication);

👉 Ingliz tili ikkinçi til sifatida (BA ESL). 

Magistratura:

👉 Ingliz tilini ikkinçi til sifatida öqitiş (MA TESL);

👉 Biznes boşqaruvi (MBA);

👉 Media kommunikatsiya (MA Media Communication).

Vebster universitetining Toşkent şahridagi markaziga abituriyentlarni qabul qilişda kiriş imtihoni közda tutilmagan. 

Qabul 31 iyulgaça.

Abituriyentlardan hujjatlar onlayn qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni ingliz tilida tayyorlab, [email protected] elektron manziliga yuborişi lozim:

1. Ariza - Application form

2. Xalqaro til biliş sertifikati (TOEFL 80/IELTS 6.0)

3. Attestat/Diplom va uning tasdiqlangan ilovasi (örtaça baho 2.5 dan yuqori böliş kerak)

4. Öqituvçi yoki ustozdan tavsiyanoma 

5. Pasport nusxasi