1 noyabr kuni Vebster universiteti (AQŞ)ning Markaziy Osiyodagi birinçi filiali - Toşkent şahridagi ta'lim dasturlarini amalga oşiriş Markazining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. 

Marosimda Vebster universiteti kansleri Elizabet Strobl rahbarligidagi AQŞ delegatsiyasi vakillari, Özbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, vazir örinbosarlari va rektorlar iştirok etdi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4245-sonli qarori bilan Toşkent şahrida Vebster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oşiriş markazi taşkil etildi.

Öquv jarayonlari 2019/2020 öquv yilidan öquv jarayonlari boşlandi va bu yerda bakalavriatning asosiy 14 ta ta'lim yönalişlari hamda 16 ta magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlaş yölga qöyildi. 

Hozirda oliygohda 470 nafar talaba tahsil olmoqda va Vebster universitetining Toşkent filiali talabalar soni böyiça Tailand, Xitoy, Niderlandiya, Şveytsariya, Gretsiya, Avstriya va Ganadagi filiallarni ortda qoldirdi.

Universitetda öqitiş kunduzgi ta'lim şaklida, tölov-kontrakt asosida, ingliz tilida, jumladan elektron ta'lim va masofaviy ta'lim texnologiyalarini qöllagan holda Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan öquv rejalar va dasturlar asosida amalga oşirilmoqda. 

Bitiruvçilarga Özbekiston Respublikasida oliy ma'lumot töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.