Toşkentning «Lokomotiv» klubi Özbekiston milliy jamoasi hamda Namanganning «Navbahor» klubi futbolçisi Oston Örunovni öz safiga qöşib oldi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qilindi.

Transferning tafsilotlari va futbolçi qaysi raqamda öynaşi oçiqlanmagan. 2000 yilda tuğilgan Örunov «Navbahor»da sobiq murabbiy Andrey Kançelskis bilan kelişa olmagandi. Samarqandda ötgan «Dinamo»ga qarşi öyinda murabbiy maydondagi örnidan norozi bölayotgan Ostonni zaxiraga olgandi va buning sababini oçiq aytgandi.

«Lokomotiv» matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Örunov Özbekiston çempionatida 51 ta öyinda maydonga tuşgan.