Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.
O‘rnatilayotgan yangi tartibga muvofiq, tadbirkorlik sub'yektlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olib, davlat soliq xizmati organlarining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorini olgan kundan e'tiboran o‘n kun muddat ichida moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lasa, tadbirkorlik sub'yektlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar mazkur huquqbuzarlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan jinoiy va ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab:
QQS to‘lashga o‘tadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organlarida ushbu soliqning to‘lovchisi sifatida majburiy hisobga olinadi va bu QQS summasini hisobga olishning sharti hisoblanishi;
QQSni to‘lashga o‘tishda ushbu soliq summasi QQSni to‘lashga o‘tilgan sanadan avvalgi oxirgi 12 oyda xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tasdiqlangan qoldiqlari bo‘yicha realizatsiya hajmiga mos keladigan ulushda hisobga olinishi;
QQSni to‘lashga o‘tish yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma QQSni to‘lashga o‘tiladigan oy boshlanishidan oldin 10 ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, prezidentning mazkur qarori bilan «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi» hamda «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ma'qullangan.
Mavzuga oid
19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi
21:15 / 23.02.2023
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berildi – prezident qarori
18:56 / 30.01.2023
Mahalliy hokimiyatga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish taqiqlanadi – prezident qarori
08:16 / 11.07.2021