Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni suğurta xizmatlari bozorini rivojlantiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi. 

«Suğurta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvçi vositalardan biridir. Biroq mamlakatimiz moliya bozorida bu xizmatlarning örni hozirça katta emas.

Joriy yilning olti oyida suğurta taşkilotlari tomonidan yiğilgan suğurta mukofoti ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,5 barobar oşgan bölsa-da, suğurta tuşumi aholi jon boşiga 50 ming sömdan töğri kelgan. 

Uşbu sohaning mamlakatimiz yalpi içki mahsulotidagi uluşi atigi 0,4 foizni taşkil etmoqda. Qiyos uçun, bu körsatkiç Janubiy Koreyada 11 foiz, Germaniyada 6 foiz, Rossiyada 1,5 foizni taşkil etadi.

Buning asosiy sabablaridan biri - suğurta xizmatlari yetarli darajada jozibador emasligi. Misol uçun, ötgan olti oyda umumiy suğurta tarmoğida 887 milliard söm suğurta mukofoti yiğilgan bölsa-da, uşbu davrda mijozlarga tölangan suğurta qoplamasining hajmi mukofotning atigi 11 foiziga  töğri kelgan. Dunyoda esa bu körsatkiç örtaça 50-60 foizdir», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta nazorati davlat inspeksiyasini bugungi kun talablaridan kelib çiqqan holda tubdan isloh qiliş masalasi muhokama etildi. 

«Sohaga nazoratçi emas, ilğor va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barça iştirokçilar örtasida çinakam raqobat muhitini yaratib, suğurta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu bois uşbu inspeksiyani tugatib, Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligi taşkil etiş taklif qilindi. Mutasaddilarga suğurta sohasini örta va uzoq muddatli rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş, 2022 yilgaça aholi jon boşiga töğri keladigan suğurta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi içki mahsulotdagi uluşini esa 2 baravar oşiriş vazifasi qöyildi.

Avvalo, aholi va tadbirkorlarning suğurtaga işonçini oşiriş zarurligi ta'kidlandi. Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga suğurta da'volarini körib çiqiş muddatlari va hujjatlarini qisqartiriş, suğurta hodisasini adolatli baholaş va tölovlarni tezkor tölaş tizimini joriy qiliş vazifasi topşirildi.