«Internet tezligi eng katta muammo». Özbekistonda kompyuter sporti taraqqiyoti
|23:48 / 12.07.201916 70610 min
«Elektron sport stadionda boşqa köp sport turlari kabi koptok bilan öynalmasa ham, tez orada işqibozlari 300 millionga yetişi kutilmoqda», — deya yozmoqda dunyo naşrlari.
Onlayn öyinlarga dunyo allaqaçon moslaşgan
Dota 2 kibersport (kompyuter sportining) eng maşhur öyini hisoblansa, League of Legends va Counter Strike undan keyingi örinlarni band qilgan.
E-sport — kompyuter orqali video öyinlar öynaş orqali odamlar, dastlab, şunçaki böş vaqtni unumli ötkazişga intilgan bölsa, keyinroq u haqiqiy sport turi darajasigaça kötarildi. Uning yoş toifasi çeklanmagan, imkoniyatlariga çegara yöq. Bu sport turida imkoniyati çeklangan şaxs özidan ön baravar soğlom odamni ham mağlub qilişi, dunyoning ikki çetida turib ham raqiblar virtual stadionda töp surişi mumkin.
Elektron futbol çempionatlari ham xuddi stadionlarga öxşaş arenalarda öyin işqibozlari qurşovida ötkaziladi. Masalan, 2016 yilda ötkazilgan League of Legends çempionat finalida 43 million tomoşabin iştirok etgan.
2018 yilning birinçi çoragidayoq butun e-sport tomoşabinlari 17,9 million soatni uşbu öyinlarni onlayn va jonli köriş uçun sarflagani haqida ma'lumot bor.
Bundan taşqari, e-öyinlar uçun katta pul yutuqlari ham qöyiladi. Masalan, 2018 yilda bu sport industriyasi uçun 905 million dollar ajratilgan bölsa, keyingi 2 yilda bu raqamni (2020 yilgaça) 1 milliard dollargaça yetkaziş maqsad qilingan. Birgina sport musobaqalari uçun çiptalarning özi 96 millionga sotiladi.
Bugun hatto FIFAning ham öz eWorld Cup dasturi bor. Unda öyinçilar FIFA'ning elektron çempionatida ğolib böliş uçun kuraşadi.
Elektron sport taraqqiyotini hisobga olgan holda Xalqaro Olimpiya qömitasi ham bu yönalişdagi rejalari samaradorligini oşirişga harakat qilmoqda, deb yozadi weforum naşri.
Demak, onlayn sport olamiga xuş kelibsiz!
«O‘zbekictonning ham elektron sport bazasi mavjud»
Özbekistonda ham onlayn sport turlari bosqiçma-bosqiç rivojlanmoqda. 2016 yilda Aziz Pattoxov taşabbusi Özbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasining faoliyat boşlaşi bu sohadagi ilk qadam böldi.
Mavzuga oid
Şu yili respublika elektron kompyuter sporti (kibersport) tarixida ilk marta kibersport arenasi – UZ Arena taşkil qilindi. Arena 50ta kompyuter, 24 ta Play Station va maxsus led ekranlar bilan jihozlangan.
Sal keyinroq – 2018 yildan esa kibersport rasmiy sport turlari reyestrida 100-sport turi sifatida tan olindi.
Özbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi raisi Azizbek Pattoxov Kun.uz bilan suhbatda kompyuterxonalar va Play Stationʼlarga nisbatan köpinça negativ fikr bildirilişi, şuning uçun ham kibersportning sport turi sifatida qabul qilinişi, federatsiyaning taşkil etilişi oson bölmaganligi, hatto köpinça ayrim rahbarlar ham mohiyatni tuşunişi qiyin bölganligi haqida aytib ötdi.
«Garçi hozir ham bu kabi qiyinçiliklar mavjud bölsa-da, kibersport böyiça işlar ança samarali keçmoqda. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan 5 taşabbusning 2 ta yönalişi bu sport turini rivojlantiriş rejalarini ilgari suradi», — deydi u.
Minus emas, plyus qöyiş imkoni bor
Federatsiya raisi Azizbek Pattoxovning ta'kidlaşiça, kompyuter öyinlariga bolalar hamişa katta qiziqiş bilan qaragan. Şuning uçun ham federatsiya Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda turli loyihalar taşkil qilmoqda.
Ayni paytda özbekistonlik bolalar 14 yoşdan boşlab kibersport musobaqalarida qatnaşişi, milliy çempionatlarda esa 5 sinf bolalari ham iştirok etişi mumkin.
«Hamma bolaning turliça narsaga iqtidori böladi. Kimdir ilm-fanga qiziqsa, kimdir kompyuter öyinlarida katta muvaffaqiyatga erişib, sport yulduzi bölişi mumkin. Faqat töğri yönaltiriş vazifasini biz bajarişimiz kerak», — deydi u.
Demak, kibersport bilan şuğullangan bolalarning virtual olamda saralay oliş qobiliyati şakllanadi. Bundan taşqari, Azizbek Pattoxovning sözlariga köra, xalqaro elektron sport turnirlarida ğolib bölgan bolalar mamlakatga öz yutuq pullari bilan ham investitsiya kirita oladi. Bu ular öz sovrin pullari hisobiga tadbirkorliklarini boşlaşlari va odamlarni işli qilişga erişişlari mumkinligini anglatadi.
«Bolalar kelajakda tanlaş uçun faqat 2-3 ta yönaliş bilan çeklanmasligi kerak. Aytaylik, OTMga kira olmagan bola bitta maşinani ijaraga olib, taksiçilik bilan şuğullanişi emas, agar qiziqqan bölsa, professional darajada şuğullanib, kibersport bilan hayotini qurişi mumkin. Bu sport turi bilan biznes qiliş imkoni ham mavjud», — deydi federatsiya raisi.
Play stationʼlar ham yönaltirilmoqda
Agar federatsiyaga a'zo bölsa, Play stationʼlar va kompyuter öyingohlari bilan hamkorlik qilişning imkoni mavjud. Faqat buning uçun ular federatsiyaning ma'lum talablariga amal qilişi, özlarida mavjud öyinlar tarkibini qat'iy nazorat qilişlari zarur.
Öz navbatida federatsiyaning ham ular uçun turli imtiyozlari mavjud: hamkorlikda turnirlar ötkaziş va kibersport tizimida işlaş uçun turli preferensiya lar beradi.
Masalaning tibbiyot jihati
Soğliqni saqlaş vazirligining maxsus talabnomasiga köra, kibersport bilan şuğullanganda har 2 soatdan söng yarim soatli tanaffus zarur. Sportçining töğri ovqatlaniş tartibi, ortiqça vazn kabi muammolardan xoli bölişi ham muhim.
Bundan taşqari, havo harorati mö'tadil bölişi va kompyuter yaqinida ösimlik bölişi kerak.
Soğliqqa zarar yetkazmasligi uçun kunlik jadvalni töğri taşkil qiliş va kompyuterdan foydalanişning oddiy qoidalariga rioya qiliş ham katta rol öynaydi.
Şuningdek, bu sport turi bilan şuğullanuvçilarga alkogol içimliklar içiş, çekiş qat'iyan man qilinadi. Çunki elektron sportda yutuqqa erişiş uçun miya faoliyati yaxşi bölişi kerak.
Öyin davomida sportçi juda tez fikrlaşi va qaror qabul qilişi, barmoqlari tez işlaşi kerak. Doimiy maşqlar yordamida bu qobiliyat asta-sekin şakllanib boradi. Şu jihatdan kibersportni ma'lum ma'noda soğlik uçun foydali deb topiş ham mumkin.
Bolalar töğri yönalişda
«Kibersport bolalarni töğri yönaltirişimiz uçun yaxşi vosita. Şu yöl bilan bolalarni band qiliş mumkin. Öyin ularning öqişiga ham yaxşi ta'sir qiladi. Çunki köpçilik xalqaro öyinlar rus va ingliz tillarida. Muvaffaqiyatga erişişni xohlagan bola esa qoidalarni töliq tuşuna oliş uçun çet tillarini ham örganişga harakat qilayotganining guvohi bölyapman», — deya öyinlarning motivatsion taraflariga ham töxtalib ötdi Azizbek Pattoxov.
Ayni paytda federatsiya viloyatlarda ham bu sport turini ommalaştiriş uçun turli loyihalar işlab çiqmoqda.
Samarqand, Farğona viloyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatida Federatsiyaning hududiy bölinmalari faoliyat yuritmoqda. Bundan taşqari, Buxoro, Namangan, Qaşqadaryo hududida ham bölinmalar oçilişi rejalaştirilgan.
«Biz viloyatlarning hamma tumanlariga kirib borib, iqtidorlarni topişimiz kerak. Masalan, yaqinda navoiylik Salohiddin Esonovning Örta Osiyo çempioni bölişi bu boradagi işlarimizning ilk samarasi deb hisoblaş mumkin.
Lekin, afsuski, kibersport böyiça tuşuntiriş işlari olib borişda haliyam kamçiliklarimiz köp. Köpinça ota-onalar telefon orqali ham «Bu qanaqa sport turi?» , «Davlat tarafidan tan olinganmi?» kabi savollar bilan murojaat qiladi», — deydi federatsiya raisi.
Bundan taşqari, federatsiya bergan ma'lumotga köra, internet tezligi pastligi tufayli Özbekiston kibersportçilarining aksar xalqaro turnirlardan çetlatilişi, ayrimlarida iştirok etiş uçun umuman qabul qilinmagan holatlari ham köp sodir böladi. Boşqa rivojlangan davlatlardan turib, raqiblik qilayotgan öyinçidan öziş uçun esa, albatta, internet orqali amallar juda tez bajarilişi kerak.
Ayni paytda federatsiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan hamkorlikda internet sifati muammosini hal qiliş uçun harakat qilmoqda.
Odamlar dunyoqaraşi özgaryapti
«Kibersport jamiyat uçun foydali. Negaki, bolalarni kompyuterdan ayiriş emas, ularga qaysi yöl töğriligini körsatib qöyişimiz zarur. Onlayn sport orqali ham ular boşqa jismoniy sport turlariga qiziqişlari mumkin.
Nazarimda odamlar ham kibersportni töğri anglay boşlaşdi. Hozir Play Stationʼlarda otalarni öz farzandlari bilan birga köryapman. Bu ijobiy hodisa», — deydi futbol şarhlovçisi Mirzahakim Töxtamirzayev.
Uning ta'kidlaşiça, bu sport turi rivoji uçun Özbekistonda hali töliq imkoniyat mavjud emas. Internet tezligi eng katta muammo bölsa, texnik imkoniyatlari darajasidan barça talablarga javob beradigan kompyuterlar bilan ta'minlanganlik darajasi — mamlakatning ikkinçi oğriqli nuqtasi.
Har qanday taklif talab asosida vujudga keladi. Kibersport ham xuddi şunday: bolalar unga qiziyaptimi, demak, uni ommalaştiriş va mavjud muammolarni bartaraf etiş yöllarini topiş zarur.