O‘zbekiston | 14:51 / 13.07.2019
16750
1 daqiqa o‘qiladi

Qabul komissiyalari oxirgi abituriyent ro‘yxatdan o‘tgunga qadar faoliyat ko‘rsatadi

Foto: KUN.UZ

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi abituriyentlar va ularning ota-onalariga maxsus ma'lumot bilan chiqdi.

Bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli uchun hujjatlarni qabul qilish (ro‘yxatdan o‘tkazish) shu yilning 15 iyul sanasida yakunlanadi. Shu bilan birga, OTMdagi qabul komissiyalari oxirgi abituriyent ro‘yxatdan o‘tgunga qadar faoliyat ko‘rsatadi, deyiladi ma'lumotda. 

Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan ijtimoiy tarmoqlardagi turli norasmiy manbalarda tarqatilayotgan hujjat qabul qilish to‘xtatilgani, muddati uzaytirilgani va boshqa shu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslik so‘ralgan.

2019/2020 o‘quv yili qabuli bilan bog‘liq har qanday yangilik vazirlikning veb-sayti, telegram tarmog‘idagi rasmiy kanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jamoatchilikka ma'lum qilib borilishi aytilgan.

Bundan oldin, abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan oliy ta'lim muassasalari ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid