Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada hamkasblari va qo‘l ostidagilarga zug‘um qilganlar qamaladigan bo‘ldi
Janubiy Koreyada hamkasblari va qo‘l ostidagi xodimlarga nisbatan dushmanona va tajovuzkor munosabatda bo‘lganlarni jiddiy jazolash to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi.
"Bi-bi-si"ning xabar berishicha, mamlakat tarixida ilk bor ish joyidagi tahqirlashlar uchun qonun doirasida jazo belgilandi. Ayrim hollarda aybdor 30 mln von (25 ming dollar)gacha jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha qamalishi mumkin.
Hukumat tomonidan kompaniyalar uchun chiqarilgan maxsus ma'lumotnomaga ko‘ra, shaxs haqida mish-mish tarqatish, shaxsiy ma'lumotni oshkor etish, hamkasbini ichish yoki chekishga majburlash, shuningdek, xodimni korporativ tadbirga borishga majbur qilish qonunan jazolanadi. Bundan tashqari, omma oldida tahqirlash ham jazosiz qolmaydi.
Qonunga muvofiq, tahqirlangan xodim va bu haqda xabar berganlarni ishdan bo‘shatish taqiqlanadi. Agarda hamkasbi yoki rahbariyat tomonidan tahqirlanganidan so‘ng xodimning salomatligi yomonlashsa, kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Yangi qonun qabul qilishdan asosiy maqsad, mamlakatda "gapjil" (gapjil) deb nomlanuvchi -hokimiyatga ega bo‘lganlarning quyidagilarga zug‘um o‘tkazishi holatiga qarshi kurashishdir. Bunga Korean Air aviakompaniyasi top-menejyeri, kompaniya rahbarining qizi unga samolyotda yong‘oqlarni likopda emas, paketchada berishgani uchun katta janjal ko‘targani misol bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026