Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudi Aramco «Lukoyl»ning O‘zbekistondagi loyihalariga qiziqish bildirdi - OAV
Foto: REUTERS/Ahmed Jadallah
Saudiya Arabistonining Saudi Aramco shirkati O‘zbekistondagi ikkita gaz loyihasi bo‘yicha «Lukoyl» bilan birgalikda ish olib borishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Reuters RIA Novosti’ga tayangan holda ma'lumot tarqatdi.
«Rossiya tomoni «Lukoyl» Saudi Aramco bilan texnologik tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish hamda tahlil qilishdan manfaatdor ekanini bildirdi», - deyiladi xabarda.
«Saudiya tomoni ham «Lukoyl» bilan O‘zbekistondagi ikkita gaz loyihasi bo‘yicha qiziqish borligini bildirdi».
Eslatib o‘tamiz, neft qazib olish va neft zaxiralari hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik neft kompaniyasi - Saudiya Arabistonining Saudi Aramco shirkati 2018 yilda dunyodagi eng daromadli kompaniya bo‘ldi - uning sof foydasi 111,1 milliard dollarga yetdi. Saudi Aramco «Lukoyl» Rossiya neft kompaniyasi bilan qo‘shma korxonaga ega - Lukoil Saudi Arabia Energy Ltd. (LUKSAR).
Mavzuga oid
14:20 / 12.01.2026
Ukraina “Lukoyl”ning burg‘ilash qurilmalari yo‘q qilinganini ma’lum qildi
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
11:20 / 17.12.2025
Moldova Kishinyov aeroportidagi «Lukoyl» terminalini musodara qiladi
14:35 / 05.12.2025