Sönggi kunlarda ijtimoiy media sahifalari, şu jumladan, xorijiy OAVda Toşkent viloyatidagi Ugom-Çotqol milliy boği Örinğoç soy havzasida qonunga xilof ravişda örnatilgan şiyponlar keng muhokamalarga sabab böldi. Atrof-muhit himoyaçilari va ekosayyohlar nafaqat Özbekiston, balki dunyodagi eng noyob tabiiy köllardan biri hisoblanuvçi Örinğoç köli böyida dam oliş uçun ayvon va şiyponlar qurilgani, çoyxona xizmati hamda ijaraga qayiqlar taqdim etilayotganidan özlarining noroziliklarini izhor qilişdi. 

Ularning fikriça, tabiatning bunday in'omini kelajakka avlodga bekamu-köst yetkazişning birgina yöli bu yerda insonlar dam olişini çeklaşdir. Kun.uz tasvirga oliş guruhi keng muhokamaga sabab bölgan kölda nimalar qilingani, bugungi kundagi holati qandayligi, qurilgan şiyponlar haqiqatda buzilganmi, degan savollarga javob topiş maqsadida uşbu köl tomon otlandi. 

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Biz kunning ikkinçi yarmida yetib borganimiz sababli, ayni şov-şuvlarga sabab bölgan Örinğoç kiçik köli atrofidagi vaziyatni örganiş bilan çeklandik. Haqiqatda, köl atrofida odamlar dam olganining alomatlari, öçoq va kul örinlari, şişa va plastik idişlar közga taşlandi. Köl hududining içkariroq qismiga borilsa, odamlar taşlab ketgan çiqindilar va baklajkalar soni orta boradi. Atrofdan qölansa hid ham dimoqqa uriladi. 

Biz, Örinğoç kölida aslida nima bölganini sörab, Burçimulla davlat örmon xöjaligi ekoturizm muhandisi Mahmud Taşxodjayevga murojaat qildik.