Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Faol bo‘lmagan deputatlar vakolatiga chek qo‘yiladi
O‘zbekiston ʼʼMilliy tiklanishʼʼ demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.
– Bugun siyosiy partiya faollari amalga oshirgan tashabbuslar kirib bormagan xonadon yo‘q. Ammo bu bilan hammasiga erishdik, demoqchi emasmiz. Shu tarzda yanada birdam bo‘lib ishlashimiz kerak, – deydi partiyaning Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari Vasila Fayziyeva. – Jarayonlarda asosan yordamga muhtoj xotin-qizlarga e'tibor qaratyapmiz. Hududlarda vaqtincha ishsiz, kasb-hunarga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga bepul tikuvchilik, bichuvchilik, to‘quvchilik o‘rgatiladigan o‘quv kurslari va to‘garaklar tashkil etdik. Maqsadimiz har bir ayolni kasbga yo‘naltirish.
Tadbirda kun tartibiga qo‘yilgan qator mavzular muhokama qilingan. Partiya a'zolarini yanada faollikka chaqirish, yoshlarni siyosiy jarayonlarga jalb qilish, ayol deputatlar sonini oshirish va xotin-qizlardan keladigan murojaatlarni ko‘rib chiqishda bu yanada ijobiy samara berishi qayd etilgan.
Shu bilan birga, endi faol bo‘lmagan, vakolati doirasidagi vazifalarni uddalay olmaydigan deputatlar faoliyatidan chetlatilishi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
18:26 / 25.12.2025
“Tashabbusli budjet”da yangiliklar. Sherikchilik tartibi belgilandi
13:29 / 25.12.2025