Ukraina prezidenti oligarxlar yangi o‘yin qoidalariga tayyor turishlari kerakligini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oligarxlar yangi o‘yin qoidalariga tayyor turishlari kerakligini ta'kidladi.
"Bu oligarxlar bilan ishlashning me'yordagi shakli. Ularning qarzi ko‘p, qanday yo‘llar bilan pul topishgan va jinoyat alomati yo‘q bo‘lsa, Ukrainaga investitsiya kiritishlari kerak. Va yangi qoidalar bo‘ladi, barcha soliq to‘lashi shart. Ularning monopoliyachi bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymasligimizni bilishadi. Ular nimadan voz kechishlari kerakligini o‘zlari bilishadi", - dedi u.
Zelenskiy biznesmen Rinat Axmetov bilan uchrashuvida unga shartlar qo‘yilganini va har bir oligarxga katta moliyaviy yuklama qo‘yilishini eslatib o‘tdi.
"U (Axmetov) bolalar kasalxonalari uchun 200 ta "tez yordam" mashinasi sotib oldi. Unga tibbiyot va Donbass infratuzilmasiga katta pul kiritishi uchun investitsion hujjat taqdim etamiz", - dedi Ukraina prezidenti.
Xabar qilinishicha, 20 iyun kuni Zelenskiy biznesmenlar Viktor Pinchuk, Rinat Axmetov va Igor Kolomoyskiylar bilan Donbass va butun Ukraina uchun ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar loyihalarni moliyalashtirish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishib olganini ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ular aniq muammolarni hal qilish bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmalariga olishadi.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
08:30 / 07.11.2024