Yil boshidan buyon Rossiya 248 ming kishini yoʻqotdi. Bu vaqt ichida u ming kilometr kvadrat maydonni egallashga muvaffaq boʻldi, lekin Ukraina uning katta qismini qaytarib oldi. Oʻz hududiga yana ming kilometr kvadrat yerni qoʻshish uchun Putin har bir kilometrga 248 kishini qurbon qildi.
Putin besh yil ichida 17-18 marta bir xil vaʼda berdi: yana bir necha oy va keyin urush tugaydi – ammo muddatlar doim ortga surilmoqda. Putin koʻproq shaharlarimizni egallashni xohlaydi. «Tinchlik» soʻzini aytishga unga nimadir xalal bermoqda. Unga 17 million kilometr kvadratlik oʻz hududi yetarli boʻlishi kerak, ammo u boshqalarning yeriga koʻz tikadi. Putinni urushsiz tasavvur qila olasizmi?
U nolinchi raqamli patsiyent: uning urush gʻoyasi yangi hududlarga yoyilmoqda. Putinning qoʻllari qanchalik yechilsa, u barcha uchun shunchalik xavflidir. Nolinchi patsiyent toʻxtatilishi kerak.
Rossiya nefti – Ukraina nishoni emas. Benzin, dizel, zavodlar – Ukrainaning nishoni emas. Putinni toʻxtatish uchun Rossiyaning moliyalashtirish manbalari va ishlab chiqarishini toʻxtatish kerak. Biz Rossiyaning daromadlarini yoqib yuborishga harakat qilyapmiz – bizning nishonimiz shu.
Rossiyaning birorta mulozimi Rossiya general Morozdan himoyalanishi kerakligini xayoliga ham keltirmagan. Agar Rossiya bizning energetika obyektlarimizga zarba beradigan boʻlsa, biz ham xuddi shunday yoʻl tutamiz. Shuning uchun qishgacha vaziyatni yumshatish kerak.


















