DW xabariga köra, Ukraina prezidentining kommunikatsiyalar böyiça maslahatçisi Dmitriy Litvin 25-sentabr kuni «Ukrainskaya pravda» naşriga bergan izohida Bloomberg maʼlumotini «haqiqatga töğri kelmaydigan axborot» deb atagan.
Bloomberg manbalariga köra, Tramp bu taklifni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi sessiyasi doirasida Zelenskiy bilan uçraşuv vaqtida bildirgan. Agentlik Ukraina prezidenti taklifni rad etganini yozgan. Zelenskiyga yaqin manbalar esa bu taklif uni ranjitganini aytgan.
Şu hafta Zelenskiy va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Nyu-Yorkda Tramp maʼmuriyati vakillari bilan alohida uçraşuvlar ötkazgan.
Bloomberg maʼlumotiga köra, jahonda dizel yonilğisi narxlari oşayotgan bir paytda Vaşington Moskva va Kiyevni energetika obyektlariga hujumlarni töxtatiş böyiça kelişuvga erişişga undagan.
Muzokaralar BAAda ötkazilişi mumkin
Zelenskiy 25-sentabr kuni AQŞ, Ukraina va Rossiya örtasidagi texnik formatdagi uç tomonlama muzokaralar Birlaşgan Arab Amirliklarida ötkazilişi mumkinligini bildirgan.
Ayni paytda, Kreml Kiyevning uruşni tugatiş böyiça muzokaralarni Mayamidagi G20 sammiti vaqtida ötkaziş haqidagi yaqinda bildirgan taklifini rad etgan. Vaşington uşbu sammitga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham taklif qilgan.
Rossiya tomoni Putin va Zelenskiy uçraşuvi faqat Moskvada ötişi mumkinligini bir neça bor taʼkidlagan. 23-sentabr kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiy «istasa, Moskvaga kelişi mumkinligi» va unga «zarur xavfsizlik kafolatlari berilişi»ni aytgan.
Iyun oyida Putin Zelenskiy rossiyalik tadbirkorlardan biri orqali undan şaxsiy uçraşuv söraganini bildirgan edi. Keyinçalik Ukraina prezidenti Kreml rahbariga Roman Abramoviç orqali maktub yöllaganini maʼlum qilgan.













