«Real» boş murabbiyi Zinedin Zidan vinger Garet Beyl klubni tark etiş arafasida ekanini aytdi.
«Beyl tez orada ketişiga umid qilamiz, bu hamma uçun yaxşi böladi. Uning yangi klubga transferi ustida işlayapmiz.
Garetga qarşi heç qanday şaxsiy adovatim yöq, lekin şunday vaqtlar böladiki, nimanidir özgartiriş kerak. Men qaror qabul qilişim kerak, özgarmasak bölmaydi.
Transfer – bu murabbiyning hamda vaziyatni tuşunib turgan futbolçining qaroridir. 24 soatdan keyinmi yoki 48 soat içida, uni bilmadim, ammo vaziyat özgaradi. Hamma tomon uçun şunisi yaxşi», – degan Zidanning sözlarini keltirdi Goal.
Ma'lumot uçun, uelslik hujumçi «Real»ning Xalqaro Çempionlar kubogi doirasidagi «Bavariya»ga qarşi öyinida (1:3) qatnaşmadi.
«Real» Beylni 2013 yilda 100 mln yevroga sotib olgan, bu bilan Garet öşa vaqtda jahonning eng qimmat futbolçisi va transfer narxi 100 million yetgan tarixdagi ilk futbolçiga aylangandi.












