Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi notarial harakatlar joriy etilishi mumkin:
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni ta'minlash (guvohlarni so‘roq qilish, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, internet tarmog‘idagi dalillarni ta'minlash);
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarishi;
yaratilgan mualliflik va turdosh huquq obektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlashi. Bunda taqdim etilgan hujjatning tasdiqlangan bir nusxasi notarial idorada, ikkinchi nusxasi muallifda saqlanadi va nizo kelib chiqqan vaqtda mualliflik va turdosh huquq egasini aniqlashda asos hisoblanadi.
2020 yil 1 yanvaridan shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar uchun qarzdorlikni faqat O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma'lumotlar bazasi orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi o‘rnatilgan holda kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish talabi bekor qilinadi;
bitimlar bo‘yicha taraflarning to‘lov majburiyatlarini bajarishi ixtiyoriy ravishda notarius depoziti orqali amalga oshiriladi. Bunda, ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda muayyan qarzdorliklar aniqlanganda ularni tegishli mablag‘ni notarius depozitiga o‘tkazish orqali to‘lash yoki ularning asosligini tekshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
bitimlarni notarial tasdiqlashni taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idoralarda turib videokonferensaloqa rejimida amalga oshirishi mumkin;
ochiq axborot tizimiga joylashtirilgan notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan yuridik harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qog‘oz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega bo‘ladi va fuqaro tegishli davlat organi yoki mansabdor shaxsga mazkur hujjatlarni qog‘oz shaklini taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi;









