Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iz-tojik chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat keskinlashdi, yana otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Qirg‘iziston davlat chegara xizmati.
"Chegara xizmati rahbari va Botken oblasti gubernatori ishtirokida aholi bilan uchrashuv vaqtida tojik tomonidan Qirg‘iziston fuqarolari tarafga ikki marta o‘q otildi", - deyiladi xabarda.
Xabar qilinishicha, bir nafar qirg‘iz chegarachisi yaralangan.
22 iyul kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro sababli 16 tojik jabrlangani, bir militsiya xodimi og‘ir yaralangani xabar qilingandi.
Bishkekda ta'kidlanishicha, mojaroga Vorux qishlog‘i aholisi tomonidan qishloqqa kiraverishda flagshtok o‘rnatilgani sabab bo‘lgan. Qirg‘izistonning Aksay qishlog‘i aholisi bunga qarshi chiqqan. Shundan keyin dahanaki jang chiqqan va tomonlardan biri qurol ishlatgan. O‘z navbatida Dushanbeda mojaro Vorux qishlog‘i hududida “Aksay” yozuvli tosh o‘rnatilgani sababli boshlangani aytilgan.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mahalliy aholi yoki ikki davlat chegarachilari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan mojaro chiqib turadi. Buning asosiy sababi chegaraning delimitatsiya qilinmagan hududlari hisoblanib, bu hududlarda davlatlar o‘rtasida chegara qayerdan o‘tganini bilishning imkoni yo‘q.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026