Qirğiziston Jogorku Keneşi (parlament) 24-sentabr kungi yiğilişida «Qirğiziston Respublikasi prezidentining navbatdagi saylovini tayinlaş töğrisida»gi qarorni qabul qildi.
Şunday qilib, navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarda bölib ötadi.
Qarorni iştirok etgan 86 nafar deputatning barçasi qöllab-quvvatladi.
Qirğiziston Konstitutsiyasining 80-moddasi 2-qismiga köra, Jogorku Keneş prezidentlik saylovini tayinlaş vakolatiga ega.
Saylov töğrisidagi amaldagi konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, navbatdagi prezident saylovi amaldagi davlat rahbarining vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyi törtinçi çorşanbasida ötkaziladi hamda ovoz beriş kuniga kamida tört oy qolganda Jogorku Keneş tomonidan tayinlanadi.
Amaldagi prezident Sadir Japarov nomzodini yana bir bor qöyişi mumkin. Konstitutsiya bir kişiga prezidentlik kursisini ketma-ket köpi bilan ikki muddat egallaşga ruxsat beradi. Bundan taşqari, Qirğiziston Konstitutsiyaviy sudi Japarovning joriy olti yillik muddatini birinçi deb tan oldi va uning 2027-yilda ikkinçi muddatga nomzodini qöyiş huquqini tasdiqladi.
Japarovning özi 2026-yil 13-avgust kuni bergan intervyusida şunday dedi: «Men yana bir muddatga nomzodimni qöyiş va işni davom ettiriş niyatidaman».
Japarov avvalroq 2027-yilgi saylovda qatnaşmay, hokimiyatni Qamçibek Taşiyevga topşirişni rejalaştirganini aytib bergan edi. Uning sözlariga köra, Taşiyev «öz atrofidagilarni eplay olmagan». Taşiyevning özi iyul oyida 2027-yilgi saylovda iştirok etmasligini maʼlum qilgan edi.








