Qirğizistonda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlanişi mumkin. bu haqda mamlakat taʼlim vaziri Dogdurkul Kendirbayeva maʼlum qildi.

«Biz bu masalani körib çiqmoqdamiz. Bizda tajriba bor. Masalan, darslarda telefondan foydalanişni taqiqladik», - dedi u.

Vazirning qöşimça qilişiça, boşqa mamlakatlarda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlanayotgan holatlar mavjud.

Kendirbayevaning fikriça, bu ayniqsa maktabda atigi uç soat bölib, qolgan vaqtini uyda ötkazadigan boşlanğiç sinf öquvçilari uçun muhim.

«Bolalar ijtimoiy tarmoqlarda heç qanday nazoratsiz ötiribdi. Ular qanday axborotlar olişayotganini biz bilmaymiz», - dedi vazir. 

Avvalroq Özbekiston maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozxon Karimova 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaşga qaratilgan qonun loyihasi işlab çiqilişi mumkinligini aytgandi.