Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston nizo sababli Tojikiston bilan chegarada yashovchilarni evakuatsiya qildi
Qirg‘iziston Vorux qishlog‘idagi nizoli hududdan 300ga yaqin kishini evakuatsiya qildi, deb xabar berdi mamlakat IIV.
«Uch yuzga yaqin kishi, asosan ayollar va bolalar Botken shahriga evakuatsiya qilindi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, ular chegaradagi vaziyat hal bo‘lganidan so‘ng uylariga qaytishlari mumkin bo‘ladi.
22 iyul kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro sababli 16 tojik jabrlangani, bir militsiya xodimi og‘ir yaralangani xabar qilingandi.
“Vorux qishlog‘i va Qirg‘izistonning Aksay qishlog‘i o‘rtasidagi chegarada 16 tojik toshlar zarbasidan turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi”, deb aytilgan Isfara tuman rahbariyati xabarida.
Bishkekda ta'kidlanishicha, mojaroga Vorux qishlog‘i aholisi tomonidan qishloqqa kiraverishda flagshtok o‘rnatilgani sabab bo‘lgan. Qirg‘izistonning Aksay qishlog‘i aholisi bunga qarshi chiqqan. Shundan keyin dahanaki jang chiqqan va tomonlardan biri qurol ishlatgan. O‘z navbatida Dushanbeda mojaro Vorux qishlog‘i hududida “Aksay” yozuvli tosh o‘rnatilgani sababli boshlangani aytilgan.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mahalliy aholi yoki ikki davlat chegarachilari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan mojaro chiqib turadi. Buning asosiy sababi chegaraning delimitatsiya qilinmagan hududlari hisoblanib, bu hududlarda davlatlar o‘rtasida chegara qayerdan o‘tganini bilishning imkoni yo‘q.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026