Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, suhbat avvalida Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tilagan.
Davlat rahbarlari qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezident Turkmaniston rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, joriy yil avgust oyining boshida "Avaza" milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumini o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026