Turkmaniston Davlat migratsiya xizmati (DMX) elektron viza tizimi va çet el fuqarolarini onlayn röyxatdan ötkaziş portalini işga tuşirdi. Bu haqda Turkmenistaninfo xabar berdi.
Davlat migratsiya xizmatida yangi raqamli xizmatlar taqdimoti bölib ötdi. Unda Turkmanistonda akkreditatsiyadan ötgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari iştirok etdi. Turkmanistonning xorijdagi elçilari tadbirga videoaloqa orqali ulandi.
Elektron viza tizimi migration.gov.tm portali asosida işlaydi. Uning yordamida xorijliklar mamlakatga kiriş ruxsatnomasini oliş uçun hujjatlarni internet orqali yuborişi mumkin. Migratsiya xizmatining rasmiy portali idoraning alohida raqamli xizmati sifatida faoliyat yuritadi.
Bundan taşqari, xorijiy fuqarolarni onlayn röyxatdan ötkaziş uçun möljallangan rgstr.migration.gov.tm sayti işga tuşirildi. U orqali sayyohlar, tadbirkorlar va diplomatlar migratsiya hisobiga qöyiş uçun hujjatlarni topşirişlari mumkin.
Rasmiylar migratsiya tartib-taomillarining elektron formatga ötkazilişi hujjatlarni rasmiylaştiriş muddatini qisqartirişi va qoğozbozlik hajmini kamaytirişini taʼkidlamoqda.
Elektron viza işga tuşirilgunga qadar Turkmanistonga turistik sayohat qiliş uçun xorijliklar odatda qabul qiluvçi tomon yoki turoperator orqali oldindan taklifnoma olişi, söngra viza rasmiylaştirişi kerak edi. 2025-yil aprel oyida «Migratsiya töğrisida»gi qonunga elektron viza oliş uçun taklifnoma talab qilinmaydigan özgartirişlar kiritildi. Şu bilan birga, rasmiylar hozirça yangi tizimning işlaş şartlari, jumladan, e-Visa narxi, körib çiqiş muddati va zarur hujjatlarning töliq röyxatini oçiq eʼlon qilgani yöq.

















