Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan maslahat uchrashuvi qoldirilganiga izoh berildi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarning ikkinchi maslahat uchrashuvi joriy yilning Navro‘z ayyomi arafasida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo uchrashuv noma'lum sabablarga ko‘ra qoldirilgandi.
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2019 yil yanvar-iyun oylarida qilingan ishlar bo‘yicha hisobot eshituvida senator Rahmatilla Nazarov bu masalaga to‘xtaldi.
«Ikkinchi maslahat eshituvining belgilangan sanadan kechiktirilishiga qo‘shni mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar sabab bo‘ldi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi, ijro etuvchi apparat rahbari Jahongir Xudoyxo‘jayevning ma'lumot berishicha, davlat rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi kechroq muddatga qoldirilgan, uchrashuvning yangi sanalari haqida rahbariyat ko‘rsatmasi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 15 mart sanasida Ostona shahrida (hozirgi Nursulton) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maslahat uchrashuvlarni har yili Navro‘z ayyomi arafasida muntazam o‘tkazish va mintaqaviy muammolarni birgalikda hal etish fikrini ilgari surgan edi. Shuningdek, navbatdagi maslahat uchrashuvini Toshkent shahrida o‘tkazish taklif qilingan edi.
Qozog‘istonda 2019 yil bahorida senator Rahmatilla Nazarov nazarda tutgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab, 19 mart kuni Qozog‘istonga qariyb 30 yil prezidentlik qilgan Nursulton Nazarboyev jonli efirda mamlakat aholisiga murojaat qilib, iste'foga chiqishini e'lon qildi. Uning o‘rniga Senat raisi Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi. 9 aprel kuni mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilindi va 12 iyun kuni o‘tkazilgan saylovlarda To‘qayev saylovchilarning 70,76 foiz ovozini olgan holda mamlakatning yangi prezidentiga aylandi. Uning hokimiyatga kelishi Qozog‘istonning asosiy shaharlaridagi norozilik namoyishlari bilan birga kechdi.
Mavzuga oid
17:22 / 19.11.2024
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
20:54 / 11.11.2024