Kun.uz muxbiri Xöjand şahrida Qirğiziston, Tojikiston va Qozoğistondan taşrif buyurgan tahlilçilar va faollar bilan integratsiya jarayonlari xususida suhbatlaşdi.

Qöşni mamlakatlar aholisi Markaziy Osiyo integratsiyasi va Xöjand deklaratsiyasini qanday qabul qilyapti? Baxtiyor Hamdamov: Abadiy döstlik deklaratsiyasi juda muhim hujjat. Uni davlatlarimiz rahbarlari heç qanday vositaçilarsiz, özaro kelişuv asosida imzoladi. Bu jarayonda boşqa davlatlarning taşqi roli bölmadi.

Bugungi Xöjandda bölib ötayotgan ikkinçi forum ham integratsiya yölidagi navbatdagi qadamdir. Biz köplab masalalarda kelişdik, Qirğiziston bilan oramizda sulh va totuvlik qaror topdi. Özbekiston va Tojikiston örtasidagi munosabatlar ham hozir juda yaxşi. U yerda bizni qanday kutib olişlari, munosabatlar qanday özgargani yaqqol seziladi.
Endi keyingi bosqiçda nafaqat tinçlik va totuvlikda yaşaşimiz, balki birgalikda harakat qilib, taraqqiyot tomon intilişimiz kerak.

Integratsiya aslida allaqaçon boşlangan. Bu hujjatning eng muhim jihati şundaki, u nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod uçun ham mustahkam zamin yaratadi. Keyingi avlod bu hujjatni öziga meros sifatida qabul qiladi. Menimça, bunday forumlar köproq ötkazilişi kerak.

Ularni özimiz ham taşkillaştirişimiz lozim. Yöllarni oçiş, çegaralardan ötişni yengillaştiriş kerak. Çunki bu uç xalq, umuman olganda, Markaziy Osiyodagi beş davlat xalqlari tarixan birga yaşagan. Biz ana şu umumiy tarixni asraşimiz kerak. Ilgari milliy çegaralar va bugungi maʼnodagi millat tuşunçalari hozirgidek ajratilmagan. Sönggi ikki asrda, avval imperiya, keyin sovet davrida, xalqlar örtasida turli bölinişlar paydo böldi.

Amangeldi Jumabayev: Bunday forumlar bizga juda kerak. Yaqinda Öşda Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston elçilari iştirokida savdo dialogini ötkazdik. Unda uç mamlakatning bojxona xizmatlari, turizm sohasi va iqtisodiyot vazirliklari vakillari qatnaşdi. Barça iştirokçilar bir masalani alohida taʼkidladilar, integratsiya uçun mustahkam qonunçilik bazasi va yagona qoidalar kerak.

Masalan, Özbekistonga keladigan turistlarning qariyb 50 foizi Tojikiston va Qirğizistondan keladi va ularning katta qismi Öşga yaqin joylaşgan “Döstlik” çegara punkti orqali ötadi.
Ayni paytda bu yerda turistlar 30 daqiqadan bir soatgaça navbat kutib qolayotgan holatlar bor. Bu esa, tabiiyki, ularning taassuroti va kayfiyatiga salbiy taʼsir qiladi.