O‘zbekiston | 10:20 / 24.07.2019
18424
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: «Hokimlar va o‘rinbosarlari 70 foiz vaqtini tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflaydi»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 iyul kuni kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida davlat rahbari tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha juda ko‘plab qarorlar qabul qilingan bo‘lsada, ayrim hokimlar ushbu qarorlarni bilmasligi va tushunmasligini aytdi.

«Hududlarda mazkur qarorlar ijrosini ta'minlashni tizimli tashkil etish ta'minlanmagan. Hattoki, ko‘pchilik hokimlar bu sohada qabul qilingan qarorlarni bilmaydi. Agar tumanlardagi vakillarimiz o‘qiganda, o‘rganganda tashabbus bilan chiqqanida, bugungi ko‘rsatkichlarimiz kamida 30 foiz yuqori bo‘lar edi.

Shu sababli, endi viloyat, shahar va tuman hokimlari va o‘rinbosarlariga yangi talab qo‘yiladi. Bundan buyon, ular o‘zlarining 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi talab etiladi», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid