Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Videoselektorda topshiriq: «Ikki hafta mobaynida hokimlar har bir mahalla kesimida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim qiladi»
23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezident tuman hokimlarining kundalik faoliyati paxta, g‘alla, ularning birinchi o‘rinbosarlarini esa soliq tushumini tushirish bilan cheklanib qolmasdan, doimiy ravishda tadbirkorlar bilan muloqot qilishi, ularning muammolariga yechim topishi shartligini aytdi.
Tadbirkorlikni eng chekka mahallarlardan boshlab rivojlantirishga urg‘u bergan davlat rahbari bu bo‘yicha hokimlarga alohida topshiriq berib shunday dedi: «Har bir hokim ikki hafta muddatda har bir mahalla kesimida tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan aniq ish rejasini ishlab chiqishi vaqti keldi. Har bir bo‘sh turgan maydon va bino ishlashi davlatga soliq to‘lashi, foyda keltirishi zarur. Hokimlar va ularning o‘rinbosarlari qabul qilingan rejalari ijrosi yuzasidan muntazam ravishda xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobot berib borishi shart».
Davlat rahbari tomonidan har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Baho berishda korxonalarning yashovchanlik ko‘rsatkichi asosiy mezonlardan biri bo‘lishi kerakligi belgilandi. Ya'ni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limlari rahbarlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026