Hozirgi kunda Agromart.uz Özbekiston böyiça yagona va unikal veb-portal bölib, 9 mingdan ziyod foydalanuvçilariga ega. Albatta, innovatsion ğoyalar va yangi texnologiyalar har qanday biznesda muvaffaqiyatlar asosini taşkil etadi. Şu bois uşbu portalni işlab çiqişda köproq oddiylikka e'tibor qaratilgan. Eng muhimi undan foydalanuvçilar biror bir tösiqqa uçramasin.

Asosiy vazifamiz – dehqon va fermerlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va yerda işlaş ularning hayot tarzi va asosiy işi ekanligini tuşungan holda, ularning har bittasiga beğaraz yordam beriş. Bu degani  yerni tayyorlaş va boşqa agrotexnik tadbirlardan tortib, ekinlarni töğri parvariş qiliş, zararkunanda va turli xil kasalliklardan saqlaş, hosildorlikni oşiriş va mahsulotlarni tez va qulay sotişgaça malakali maslahatçilarimiz yoningizda işonçli hamrohdir:

Agronomiya - Baxtiyar Matyakubov.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti, qişloq xöjaligi fanlari doktori. Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti.

Baliqçilik - Dilmurod Şohimardonov.
Baliqçilik ilmiy markazi direktori. Baliqçilik sohasida 20 yillik tajribaga ega. Turli tipdagi baliqçilik xöjaliklarini loyihalaştiriş, quriş va işlab çiqarişni töğri taşkil etiş böyiça loyihalarni amalga oşirgan.

Sabzavotçilik va polizçilik - Saodat Dusmuratova.
Sabzavotçilik, polizçilik va kartoşkaçilik kafedrasi professori, qişloq xöjalik fanlari doktori. Toşkent davlat agrar universiteti.

Çorvaçilik, parrandaçilik va veterinariya Habibullo Hamdamov
Veterinariya fanlari doktori. Ilmiy grantlar rahbari. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.

Eksport va logistika - Akmalxon Olimxonov
Taşqi savdo va konsalting kompaniyasi asosçisi va direktor muovini. Xitoy elçixonasi.

Huquqşunoslik - Muhammadjon Qosimov
Ilmiy xodim, iqtisod fanlari nomzodi. Qişloq xöjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.

Ösimliklar himoyasi, boğdorçilik va uzumçilik - Zarip Pölatov.
Ösimliklarni himoya qiliş böyiça ilmiy-tadqiqot instituti. Laboratoriya mudiri.