Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda mehnat huquq inspektorlari soni ikki barobarga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida AQSh Savdo vakili ofisi delegatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh Savdo vakilining yordamchisi Kristofer Uilson, uning o‘rinbosari Zeba Reyazuddin, AQShning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari Alan Melser, AQSh Savdo vakilining mehnat masalalari bo‘yicha direktori Maykl O’Donovan, AQSh Mehnat vazirligining xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Emma Lori hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev boshchiligidagi vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekistonda so‘nggi yillar amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu borada erishilgan natijalar va rejalashtirilayotgan ishlar haqida fikr almashdi.
Xususan, majburiy mehnatga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida mehnat huquq inspektorlari sonini ikki barobarga oshirish, o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga jalb qilish holatlari va ularga qarshi ko‘riladigan chora-tadbirlar ishining shaffofligini ta'minlash uchun tegishli xalqaro tashkilotlarga vazirlikning murojaatlar bazasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini berish, vazirlikning fuqarolik jamiyati bilan ochiqlik tamoyili asosida ish olib borishi alohida ta'kidlab o‘tildi.

AQSh delegatsiyasi bolalar mehnatiga barham berish masalasida O‘zbekistonning sezilarli sa'y-harakatlari e'tirof etilganiga urg‘u berib, mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida amalga oshirilayotgan islohotlar majburiy mehnatning har qanday shakliga yo‘l qo‘ymaslik borasida O‘zbekistonda jiddiy yuksalishlar ketayotganidan darak berishini qayd etdi, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
15:22
AQShda Meta’ga WhatsApp maxfiyligi bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atildi
13:13
AQShda ushlab turilgan o‘zbekistonliklar elchixona orqali yordam so‘radi
09:01
Zelenskiy: AQShning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari 100 foizga tayyor
01:00 / 25.01.2026