Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Global innovatsion indeks reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) 24 iyul kuni har yilgi «Global innovatsion reyting»ni e'lon qildi.
Ushbu reytingga Markaziy Osiyodan uch mamlakati kirdi va quyidagi o‘rinlarni egalladi:
Qozog‘iston - 79-o‘rin;
Qirg‘iziston - 90-pog‘onada;
Tojikiston - 100.
Umumiy reytingda 129 ta mamlakat nomi qayd etilgan. O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilmadi.
O‘z navbatida, Qozog‘iston o‘rtacha daromad darajasiga ega davlatlar guruhiga kiradi va uning ko‘rsatkichlari ushbu rivojlanish darajasi uchun kutilgan natijalardan pastdir.
Qirg‘iziston ham o‘rtacha daromadli davlatlar guruhiga kiradi va uning ko‘rsatkichlari rivojlanishning ushbu darajasi uchun kutilgan natijalarga mos keladi.
Tojikiston past daromadli davlatlar guruhida qayd etildi hamda uning ko‘rsatkichlari ham ushbu rivojlanish darajasida kutilgan natijalarga mos keladi.

Shveytsariya, Shvetsiya va AQSh, xuddi oldingi yillarda bo‘lgani kabi, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan tayyorlangan global innovatsion reytingda yetakchilik qilmoqda.


Global innovatsion reyting o‘nlab parametrlarni hisobga oladi: patentga talabnomalar soni, innovatsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlari hamda boshqalar.
Mavzuga oid
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026