Naked Science naşri Visual Capitalist infografikasiga tayanib xabar berişiça, reyting Ember taşkilotining 2024–2025-yillarga oid maʼlumotlari asosida tuzilgan.
Unda mamlakat va hududlarning raqamli texnika sohasidagi jahon işlab çiqariş quvvatlaridagi uluşi aks ettirilgan. Körsatkiçlar tayyor mahsulot sotuvi yoki eksport hajmini emas, aynan işlab çiqariş quvvatlarini ifodalaydi.
Xitoyning uluşi qolgan dunyonikidan katta
Xitoyning elektronika sanoati smartfon va kompyuterlardan tortib displeylar, bosma platalar hamda boşqa elektron qismlargaça bölgan mahsulotlarni qamrab oladi.
Mamlakatning 58,8 foizlik uluşi ikkinçi örindagi Tayvan körsatkiçidan qariyb olti baravar köp. Tayvanga jahon işlab çiqariş quvvatlarining 10,2 foizi töğri keladi.
Xitoyning özidagi quvvatlar reytingda keltirilgan boşqa barça mamlakat va hududlarning jami uluşidan ham yuqori.
Maqolada qayd etilişiça, Xitoy yangi beş yillik rejasi doirasida yarimötkazgiçlar, sunʼiy intellekt va boşqa strategik texnologiyalarni rivojlantirişga eʼtibor qaratmoqda.
Ayniqsa, integral sxemalar işlab çiqarişning barça bosqiçlari, jumladan, çiplar tayyorlaşni rivojlantiriş ustuvor yönaliş sifatida belgilangan. Bu orqali Pekin Ğarb texnologiyalariga qaramlikni kamaytirişni közlamoqda.
2030-yilga borib uşbu yönalişlar bilan boğliq tarmoqlarning jami operatsion tuşumini 4,5 trillion dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Şarqiy Osiyoning törtta yetakçisi
Tayvan, Janubiy Koreya va Yaponiya birgalikda jahon raqamli texnika işlab çiqariş quvvatlarining 21,7 foiziga ega. Xitoy bilan qöşib hisoblaganda, ularning umumiy uluşi 80,5 foizga yetadi.
Uşbu iqtisodiyotlarning har biri texnologik taʼminot zanjirida alohida örin tutadi. Tayvan yarimötkazgiçlar işlab çiqariş va elektron texnikani yiğiş böyiça yirik markazlardan biri hisoblanadi.
Janubiy Koreya, xususan, yarimötkazgiçlar va displeylar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Yaponiya esa uzoq yillar davomida şakllangan elektronika sanoatiga ega.
Ular birgalikda çiplar, elektron qismlar va displeylar tayyorlaşdan tortib, yakuniy qurilmalar işlab çiqarişgaça bölgan özaro boğliq mintaqaviy tizimni taşkil etadi. TSMC, Foxconn, Samsung, BOE va Sony kabi yirik kompaniyalarning boş qarorgohlari ham şu bozorlarda joylaşgan.












