Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Neymarni yaqin vaqtlar ichida sotmoqchi. Ronaldu uni «Yuventus»da ko‘rmoqchi

«Pari Sen-Jyermen» Neymarni 31 iyulga qadar sotib yubormoqchi. Bu haqda AS nashri CNews manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, parijliklar klubidagilar braziliyalik futbolchidan u asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarga qaytishidan avvalroq qutulmoqchi. Parijliklar klubda o‘ynashni istamagan futbolchi yig‘inda bo‘lishi klubning yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatishidan xavotirda.
Iyun oyi boshida, Amerika Kubogi arafasida jarohat olib, turnirdan qolib ketgan braziliyalik to‘purar Parij jamoasining asosiy tarkibdan alohida shug‘ullanyapti.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Neymar bilan bir jamoada to‘p surishni istamoqda.
So‘nggi paytlarda bir necha reklama tadbirlarida birga qatnashgan portugaliyalik va braziliyalik futbolchilarning munosabati ancha yaxshi. Ronaldu Neymar bilan maydonda birgalikda juda foydali harakat qilishi mumkinligiga ishonmoqda va 27 yoshli futbolchining kelishi «Yuve»ni Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun yanada kuchli qiladi, deb hisoblamoqda.
«Real» tomonidan ham qiziqish mavjud bo‘lgan Neymarning o‘zi «Barselona»ga qaytishni istayapti. Ammo Grizmanni xarid qilib bo‘lgan kataloniyaliklar uning transferi bo‘yicha faol harakat qilishmayapti. Shu tufayli ham futbolchining agenti Pini Zaxavi Xitoyda «Yuventus» vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
«PSJ» klubining Xitoy sayohati 23 iyuldan 2 avgustgacha davom etadi. Jamoa 27 iyul kuni «Inter», 30 iyul kuni «Sidney» bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. 3 avgust kuni Fransiya Superkubogi bahsida «Renn» bilan to‘qnash keladi.
Neymar «Pari Sen-Jyermen»ga 2017 yil yozida 222 million yevro evaziga «Barselona»dan o‘tgandi va tarixdagi eng qimmatbaho futbolchiga aylangandi. 27 yoshli forvardning Fransiyaning amaldagi chempionlari bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan. Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda klubining barcha turnirlar doirasidagi 28 uchrashuvida maydonga tushib, 23 gol urgan va 13 golga uzatma bergan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi

12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba

20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi

19:54 / 12.02.2025