O‘zbekiston | 17:30 / 25.07.2019
11462
2 daqiqa o‘qiladi

Test savolining noto‘g‘riligi isbotlansa, ball faqat da'vogar abituriyentga qo‘shiladimi?

Foto: KUN.UZ

Oliy ta'lim muassasasiga kirish imtihonlari chog‘ida savollarning noto‘g‘ri tuzilgani yuzasidan abituriyentlarning e'tiroz bildirishi, apellyatsiyaga berish holatlari ko‘p uchramoqda. Agar abituriyent test savolining noto‘g‘riligi yuzasidan murojaat qilsa, savolning noto‘g‘riligi isbotini topsa, bu savol uchun ball faqat da'vogar abituriyentga qo‘shib beriladimi? Test topshiriqlarida xuddi shu noto‘g‘ri savol tushgan, lekin apellyatsiya bermagan abituriyentlarga-chi? Bu haqida Davlat test markazi mutasaddilari “Test sinovi o‘tkazishga oid davlat siyosati: abituriyent va pedagog xodimlarning chet tilini bilish darajasini baholash” mavzusidagi matbuot anjumanida izoh berishdi.

Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i Elvira Urayevaning ma'lumot berishicha, noto‘g‘ri savol bo‘yicha keyinchalik abituriyentga ball berilishi uchun abituriyent tegishli tartibda shikoyat qog‘ozini to‘ldirishi kerak.

“Agar imtihon chog‘ida savolning to‘g‘riligiga abituriyentda shubha tug‘ilsa, buni nazoratchilarga bildirishi va shikoyat blankasiga noto‘g‘riligi taxmin qilinayotgan savolni qayd etiishi kerak. Keyinchalik DTM mutaxassislari tomonidan bu e'tirozlar o‘rganib chiqiladi. Agar ko‘rsatilgan savolning noto‘g‘riligi isbotlansa, test topshiriqlarida shu savol tushgan abituriyentlarning barchasiga ball qo‘shib beriladi”, ─ deydi Elvira Urayeva.

Саодат Абдураҳмонова
Tayyorlagan Саодат Абдураҳмонова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid