Jahon | 12:20 / 25.07.2019
29536
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik general Anqara va Vashington o‘rtasidagi mojaro sababini tushuntirdi

C-400 / Foto: REUTERS / Turkish Defence Ministry

Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i sobiq o‘rinbosari Ergin Saygun nega Vashington va Anqara o‘rtasida keskin munosabatlar yuzaga kelganini aytib berdi, deb yozmoqda Güneş.

Uning ma'lum qilishicha, Rossiyaga qarashli S-400 keskinlik avj olishiga bahona bo‘lgan, AQSh esa shunchaki Turkiya rivojlanishini istamaydi va boshqa o‘yinchini kuchaytirishdan manfaatdor.

«Yaqin Sharqda G‘arb uchun Isroil xavfsizligini ta'minlash va energiya resurslari ustidan nazoratni o‘rnatish muhimdir. Isroilga dushman bo‘lgan davlatlar yo‘q qilinmoqda. Ushbu navbat oxirida Turkiya turibdi. Men buni aytishga majburman, sababi bu haqiqat», - deya sobiq harbiyning so‘zlarini keltiradi nashr.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, agar Anqara va Vashington C-400 bo‘yicha kelishuvga erishsa, unda AQSh Turkiyaga yangi talablar qo‘yadi. Xususan, Saygunning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Eron bilan aloqalarni to‘xtatishni talab qilib, Suriyada kurdlar davlatini tashkil etadi hamda Kiprda resurslar qazib olishni taqiqlaydi, bunda Turkiyaning fikrini inobatga ham olmaydi.

«Menimcha, muammo C-400 yoki F-35’da emas. Amerika Turkiyaning mustaqil tashqi siyosatidan norozi va Turkiya mintaqaviy qudratli kuchga aylanishini xohlamaydi», - deya hisoblaydi sobiq harbiy.

Saygunning qo‘shimcha qilishicha, AQShning Rossiya F-35 samolyotlari haqida maxfiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritishi haqidagi bayonotlari asossiz, sababi bu qiruvchi samolyotlarning sirlari Moskvaga allaqachon ma'lum bo‘lgan.

Mavzuga oid