Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilishga ko‘rsatma berdi, aeroportda yangi terminal quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining o‘zidayoq mazkur bandargohni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi.
«Xususan, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poyezd va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026