Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Möğuliston Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilingandi.

Özbekistonda işlab çiqarilgan quruq va höl mevalar, meva şarbatlari hamda boşqa mahsulotlarni Möğuliston Respublikasiga eksport qiluvçi va uşbu davlatdan göşt olib keluvçi korxonalar röyxati ma'qullanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasiga zarur hollarda Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi va Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda uşbu qarorning ilovasidagi korxonalar röyxatiga tegişli özgartirişlar kiritişga ruxsat beriladi.

Belgilanişiça, Möğuliston Respublikasidan olib kelinadigan göşt va göşt mahsulotlari hisobidan:

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasi davlat zaxirasi uçun qabul qiladi;

respublika budjet taşkilotlari, ijtimoiy soha va maxsus obektlarning ehtiyoji ta'minlanadi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasi davlat zaxirasi uçun göşt qabul qiliş yuzasidan ilovaga muvofiq korxonalar bilan Möğuliston Respublikasidan göşt olib keliş böyiça şartnomalar tuzadi.

Moliya vazirligi Möğuliston Respublikasidan olib kelinib respublika budjet taşkilotlari, ijtimoiy soha va maxsus obektlarga yetkazib berilgan hamda davlat zaxirasiga qabul qilingan göşt va göşt mahsulotlari uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşiradi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan boşlab ikki yil muddatda Möğuliston Respublikasiga mahsulotlarni eksport qiliş hamda import uçun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi miqdori Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi. 

Belgilab qöyilişiça, Möğuliston Respublikasidan import qilinadigan göşt va göşt mahsulotlariga 10 foizdan yuqori bölmagan ustama belgilaşga ruxsat etiladi.

Özbekistonda işlab çiqarilgan quruq va xöl mevalar, meva şarbatlari hamda boşqa mahsulotlarni