O‘zbekiston | 08:16 / 27.07.2019
7584
2 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva Janubiy Koreyaga boradi

Joriy yil 26 iyul kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, parlament faoliyati yuzasidan tajriba almashish masalalari muhokama etildi. Tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya parlamentlari hamkorligi ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilishi lozimligini ta'kidladi.

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati

Kan Chje Kvon O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan va bugun o‘zining samarali natijalarini berayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yangilanishlarga yuqori baho berdi. O‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ikki davlat rahbarlarining yaqin aloqalari tufayli ildam rivojlanayotganligi ta'kidlandi, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi boshchiligida parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga bo‘lajak tashrifini tashkil etish masalalari ham muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunlangach, tomonlar ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun barcha choralar ko‘rishga tayyorligini bildirgan.

Mavzuga oid