Özbekistonning eng baland çöqqisi Hazrat Sulton yana sayohatçilar uçun oçildi. Ma'lum vaqt bu çöqqiga çiqiş mumkin bölmagan va ötgan yildan boşlab Tojikiston çegarasida joylaşgan bu toğga odamlar yana çiqa boşladi. 24 iyul kuni 2019 yil hisobidan ilk marta Hazrat Sultonga tur uyuştirildi. Öta murakkab bölsa ham, mamlakatning eng baland çöqqisini zabt etiş uçun 150 çoğlik odam töplandi. Ular orasida yoşi katta odamlarning köpligi e'tiborni tortdi.









Hazrat Sulton çöqqisi Hisor toğ tizmasida joylaşgan bölib uning balandligi 4 643 metr. Bu çöqqi Özbekistonning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Uning nomi Xöja Ahmad Yassaviy şarafiga Hazrat Sulton deb atalgan. Yassaviyning nomlaridan biri aynan Hazrat Sulton bölgan. Tojikiston bilan şundoqqina çegarada joylaşgan bu çöqqini zabt etiş har kimga ham nasib qilmasligi, bu odamdan juda köp kuç va sabr talab qilişini uning eng yuqorisiga çiqib bildik. Oldindan aytib qöyaman, bu çöqqiga çiqmoqçi bölganlar yetti ölçab bir kesişi kerak.











































