Dunyoning eng maşhur yerlari deganda köpçilik Eyfel, Ozodlik haykali, Piza kabi binolarni sanaydi. Ular orasida şubhasiz, Kreml nomi ham keltiriladi. «Rossiya yuragi» deb ataladigan Kreml özining sirli ekani bilan ajralib turadi. Tarixi XIII asrga borib taqaladigan Kreml bugun Rossiya prezidentining rezidensiyasi hisoblanadi. SSSR vaqtida kompartiya boş kotiblari ham şu yerda işlagan. Lenin va Stalin aynan Kremlda dafn qilingan. Xullas, bu Rossiya uçun eng muqaddas yer.

Kreml sözi eski rus tilida devor ma'nosini bildiradi. U Moskva daryosi sohilida joylaşgan. Kreml devorlari Qizil maydon bilan tutaş. Bu afsonaviy maydonda Aleksandr boği va maşhur Tsum joylaşgan. Aynan mana şu maydon Rossiyaning eng maşhur yeri hisoblanadi va sayyohlar bilan doim gavjum böladi.

Kremlga Moskvaning tört tomonidan boriş juda qulay. Masalan, metro orqali boradiganlar afsonaviy maydonni muammosiz topib olişlari mumkin. Kremlga eng yaqin metro bekati bu «Oxotniy ryad» hisoblanadi. U şundoqqina qizil maydonning oldidan çiqadi. «Arbatskaya» bekatidan çiqsangiz, Arbat köçasi böylab ozgina piyoda yurib Kremlga çiqişingiz mumkin.

Kreml haqida bejizga ma'lumot bermayapmiz. Kun.uz muxbiri Rossiya poytaxtida bölib mamlakatning eng maşhur maydonini suratga oldi. Quyida «Rossiya yuragi»dan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.