Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziri: Buzilayotgan uy-joy bilan shu yerda yashagan inson xotiralari ham o‘chiriladi
Buzilayotgan uy-joylar bilan birga, o‘sha yerda yashagan insonlarning uyi bilan bog‘liq ne-ne xotiralari o‘chiriladi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, vazirlik xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan kollegial yig‘ilishda shunday fikrni bildirar ekan, xodimlarni uylari buzilayotganlar o‘rnida tasavvur qilib ko‘rishga chaqirdi.
«Hamma shaharlar yangidan quriladi, eskisi buziladi, obodonlashadi, bu tabiiy jarayon barcha jamiyatlarga xos bo‘lgan holat. Lekin, XXI asrda yashayotgan tsivilizatsion jamiyat sifatida barcha harakatlar uchun QONUN eng asosiy mezon bo‘lishi kerak, odamlar huquqlarini poymol qilish evaziga, qonunni buzish evaziga hech qanday qurilish yoki obodonlashtirish bo‘lishi mumkin emas», - degan adliya vaziri.
Uning aytishicha, uy buzilishlaridagi qonunbuzarliklarning oldini olish va barham berish adliya xodimlarining birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi kerak. Vazirga ko‘ra, uy-joy buzilishi bilan insonlarning bir necha o‘n yillik, hatto bolalik xotiralari o‘chib ketadi.
«Uy-buzilishi qanday og‘ir masala ekanini har bir xodim yuragidan o‘tkazishi kerak, ya'ni o‘zlaringizni shu insonlar va farzandlarining o‘rniga qo‘yib ko‘ringlar, boshqa hech narsa kerak emas. Va yana bitta jihatni e'tiborga olinglar, gap faqat moddiy boylik bo‘lmish imoratda emas.
Uy-joyni buzish bilan insonlarning shu uy bilan bog‘liq xotiralari ham o‘chiriladi. Tug‘ilib o‘sgan joy, yoshlikda o‘ynab kulib yurgan hovli, bolalikdagi xotiralar, kerak bo‘lsa har bir xonadonning hidi inson uchun qadrli, ko‘p uylar avloddan avlodga o‘tib kelyapti, bu yuksak ma'naviy boylik va inson hayotidagi ajralmas xotiralardir», - deya ta'kidlagan Ruslanbek Davletov.
Amaliyotdagi muammolardan, bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib Adliya vaziri adliya organlari xodimlari oldida turgan muhim vazifalar alohida to‘xtalib, quyidagilarni bildirdi:
– barcha mahalliy hokimliklarni fuqarolarni uy-joy bilan bog‘liq qonuniy huquqlarini poymol etishlarga chek qo‘yishlarini talab qilamiz;
– butun adliya tizimi rahbarlari, mutasaddilari va xodimlarini o‘z vakolatlaridan to‘liq foydalangan holda, uy-joylar buzilishi jarayonida O‘zbekiston qonunlariga amal qilish yuzasidan choralar ko‘rishlariga chaqiraman.
Mavzuga oid
19:00 / 28.04.2026
«Aksiyadorlardan qarzdorlik yo‘q, kompensatsiya masalasida sudlashyapmiz» – Toshkent yog‘-moy kombinati AJ
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
18:28 / 07.04.2026
Renovatsiyada mulkdorlarga yetkazilgan noqulaylik uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanishi mumkin
14:15 / 01.04.2026