Ruslanbek Quroltayeviç Davletov Özbekiston prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.
Uning örniga Olim Davlatov prezident maslahatçisi böldi.
Ruslanbek Davletov mehnat faoliyatini 2001-yilda Monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi yetakçi mutaxassisi lavozimida boşlagan. Keyinroq mazkur qömitaning boş mutaxassis, bölim boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimlarida işlagan.
2004−2012-yillarda Vazirlar Mahkamasining huquqiy ekspertiza va xalqaro şartnomalar boşqarmasi yetakçi mutaxassisi, boş mutaxassisi, 2012−2014-yillarda Oliy sud qoşidagi sud qonunçiligini demokratlaştiriş va liberallaştiriş, sud tizimi mustaqilligini ta’minlaş tadqiqot markazi direktori örinbosari, direktor v. b. lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2014−2016-yillarda Prezident devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik xizmatining Senat va Qonunçilik palatasi tuzilmalari faoliyatini muvofiqlaştiriş sektori mudiri bölgan.
Keyinroq fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça Prezident davlat maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.
2017-yil 14-avgustda Adliya vazirligiga rahbar etib tayinlangandi. 2022-yil 15-noyabrdan buyon prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida işlab kelayotgandi.












