Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oliy darajadagi Özbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk şahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.

Prezidentlar Minskda Özbekiston milliy sanoat körgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanişadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti imzolanişi hamda Özbekiston va Belarus örtasidagi köp qirrali şeriklikni, jumladan, investitsiyalar, işlab çiqariş, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirişga, hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatişga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar töplami qabul qilinişi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Şavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Belarusga taşrif buyurişi xabar berilgandi.