Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yangi avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
Andijon viloyatining Asaka tumanida yangi avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “2019 - 2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Andijon viloyatida 2019 - 2022 yillarda amalga oshiriladigan sanoat loyihalari ro‘yxatining mashinasozlik va ehtiyot qismlar sanoati qismida aytilishicha, Asaka tumanida yangi avtomobillarni ishlab chiqarish tashkil etiladi.
Loyiha tashabbuskori «Ji Em O‘zbekiston» AJ bo‘lib, loyiha qiymati - 2 124 300,0 mln so‘m (2,1 trln so‘m). Ushbu qiymatdan 637 500,0 mln so‘mi korxonaning o‘z mablag‘lari, 91 500,0 ming dollari xorijiy kredit, 85 500,0 ming dollari xorijiy investitsiya hisobidan jalb etiladi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, loyihani amalga oshirish natijasida 800ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ishga tushish muddati - 2022 yil mart, mas'ul - «O‘zavtosanoat» AJ.
Bundan tashqari, Asakada avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi amalga oshiriladi. Kapital rubber technology MChJ tashabbuskor bo‘lgan loyiha qiymati 5 500,0 mln so‘m. Ishga tushish muddati - 2019 yil sentabr.
Shuningdek, ushbu tumanda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ham amalga oshiriladi. Loyiha qiymati - 800,0 mln so‘m, ishga tushish muddati - 2019 yil sentabr.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
13:24 / 28.02.2026
Yotoqxona uyidan kvartira “olib berish” va’dasi: tezkor tadbir natijasi
21:49 / 29.07.2025