Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U o‘z vatandoshini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
Qozog‘istonda 50 yoshli vatandoshini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Fakt Uyg‘ur tumanining Shonji qishlog‘ida 27 iyul kuni qayd etilgan, u yerdagi uylardan birida erkak kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Olmaota viloyati politsiya departamenti xabar berdi.
Shaxsni aniqlash chog‘ida ma'lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan shaxs 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekan. Mahalliy politsiyachilar 33 yoshli gumonlanuvchini «issiq iz»dan aniqlab, qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi, u qurbonning vatandoshi bo‘lib chiqdi.
- Jabrlanuvchi va gumonlanuvchi iyul oyida mehnat shartnomasi bo‘yicha Qozog‘istonga kelishgan hamda Shonji qishlog‘idagi qurilish obektlaridan birida ishlashgan. Ular ijaraga olingan kvartirada yashashgan. Vatandoshlar o‘rtasida oddiy janjal kelib chiqqan, shunda erkaklardan biri pichoqni qo‘lga olgan. Hozirda qotillik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi qamoqqa olindi, - deyiladi Olmaota viloyati politsiya departamenti matbuot xizmati xabarida.
Politsiyadan ta'kidlanishicha, jinoyat quroli bo‘lgan oshxona pichog‘i topildi va tergov materiallariga biriktirildi. Ikki erkak o‘rtasidagi janjalga nima sabab bo‘lgani tergov davomida aniqlanadi.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024