Qozoğistonda 23-avgust kuni yangi tarkibdagi Qurultoy - mamlakatning bir palatali parlamentiga saylovlar bölib ötdi.

Yevrosiyo integratsiyasi instituti eʼlon qilgan ekzitpol natijalariga köra, «Adilet» («Adolat») partiyasi 71,8 foiz ovoz bilan işonçli yetakçilik qilmoqda.

Ikkinçi örinda «Auyl» partiyasi bölib, uni saylovçilarning 6,4 foizi qöllab-quvvatlagan. Respublica partiyasi 5,4 foiz, Umummilliy sotsial-demokratik partiya 5,2 foiz, «Ak jol» esa 5,1 foiz ovoz olgan.

Ekzitpol natijalari tasdiqlansa, uşbu beşta siyosiy partiya yangi Qurultoydan örin olişi mumkin.

Qozoğiston Xalq partiyasi 3 foiz, «Baytak» yaşillar partiyasi esa 1 foiz ovoz olgan. Saylovçilarning 2,1 foizi barça nomzodlarga qarşi ovoz bergan.

Saylovlarning rasmiy yakuniy natijalari 1-sentabrdan keçiktirmay eʼlon qilinişi kerak.

Saylovda qatnaşiş 74 foizdan oşdi

Ovoz beriş Qozoğiston böylab 10,4 mingdan ortiq saylov uçastkasida taşkil etildi.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 20:00 holatida saylovçilarning 74,19 foizi ovoz berişda iştirok etgan.

Qozoğiston yangi parlament tizimiga ötdi

Qurultoyga saylovlar mamlakatdagi konstitutsiyaviy islohotlardan keyin ötkazildi. 15-mart kuni respublika referendumida qabul qilingan yangi Konstitutsiya 1-iyuldan kuçga kirgan.

Yangi tartibga köra, Qozoğiston avvalgi parlament tizimi örniga bir palatali parlament - Qurultoyga ötdi. U 145 nafar deputatdan iborat bölib, deputatlar har beş yilda saylanadi.

Ayrim ekspertlar saylovdan avval «Adilet»ning ustunligi kutilganini taʼkidlagan.