Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: «Bizda bolalar mehnati bartaraf etildi, lekin majburiy mehnat batamom yo‘q bo‘lmayapti»
Foto: KUN.UZ
2019 yil 30 iyul kuni Toshkent shahrida “Odam savdosi jabrdiydalarini kelib chiqish mamlakatiga qaytarish jarayonida inson huquqlariga amal qilish bo‘yicha Dasturulamal prinsiplar” to‘plamining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti doirasida Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbirining tadbirdan ma'lum qilishicha, 2018 yilda turli “ishonch telefonlari”, shu kabi boshqa bevosita aloqa tizimlari orqali majburiy mehnatga jalb etish masalalari bo‘yicha 2 ming 135 ta murojaat kelib tushgan. Davlat inspektorlari tomonidan ushbu murojaatlarning barchasi joylarning o‘zida o‘rganib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning ma'lum qilishicha, odam savdosi jinoyatiga uchraganlarning 71 foizini ayollar, har uchinchisini bolalar tashkil etadi.
“Bizda bolalar mehnati bartaraf etildi, lekin majburiy mehnat batamom yo‘q bo‘lmayapti. Har kuni OAVda xabarlar chiqyapti. Majburiy mehnat va odam savdosi bir-biri bilan bog‘liq tushunchalar. Fuqarolarimiz Rossiya, Qozog‘iston mamlakatlariga ishlagani ketib, o‘z haq-huquqlarini bilmay xorlikda yuribdi. Qonunlar qabul qilish bu 50 foiz ish. Asosiysi, uni amaliyotga kiritish. Odamlarga o‘z huquqlarini bilishi, talab qilishini o‘rgatishimiz kerak”, - dedi Tanzila Norboyeva.
Bildirilishicha, O‘zbekiston tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining bolalar mehnati va majburiy mehnat bo‘yicha konvensiyalari ratifikatsiya qilingan. Mazkur xalqaro-huquqiy hujjatlar talablarini amalga oshirish bo‘yicha ayni paytda Milliy harakat rejalari hayotga tatbiq etilmoqda.
Mavzuga oid
21:22 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
13:35 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini “zamhokim” bergani tasdiqlandi
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
22:20 / 03.02.2026