Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AI-91 rusumli avtobenzin birja savdolari orqali sotiladi
Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2019 yilning 15 avgustidan boshlab AI-91 rusumli avtobenzinni birja savdolari orqali sotishni amalga oshirish tartibi belgilandi.
Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan shaxslarning ayrim toifalariga avtobenzinni sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasini to‘lash summasi 75000 so‘m miqdorida (hozirda 66 700 so‘m) bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan boshlab:
Ai-80 markali avtomobil benzinining chakana narxi — bir litri uchun 4500 so‘m (4000 so‘m edi);
Dizel yoqilg‘isining chakana narxi — bir litri uchun 5400 so‘m (4800 so‘m edi);
EKO dizel yoqilg‘isining chakana narxi — bir litri uchun 5700 so‘m (4900 so‘m edi) qilib belgilanmoqda.
Bundan tashqari, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tariflar va narxlar ham oshirilmoqda.
Mavzuga oid
18:42 / 14.07.2026
O‘zbekistonda benzin narxi Markaziy Osiyoda eng yuqori ekani ma’lum bo‘ldi
08:58 / 09.07.2026
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026