Banklar azal-azaldan pul, moliya va iqtisodning ramzi bo‘lgan hamda asrlar osha dunyoga xizmat qilib kelishmoqda. Dunyoda minglab banklar bor, birgina AQShning o‘zida 5 mingdan ortiq bunday muassasalar faoliyat yuritadi. Lekin ularning kuchli o‘nligiga nazar tashlasak, butun dunyoning birinchi iqtisodi-yu moliyaviy resurslarini o‘zida jamlagan AQSh vakillari yetakchilar safida emasligi namoyon bo‘ladi.

10 – Credit Agricole

Credit Agricole Fransiyaning ikkinchi o‘rinda turuvchi banki bo‘lib, 2,117 trln dollarlik aktivlarga ega. Uning bozor qiymati 308 mlrd dollarni tashkil qiladi (reytingda bank aktivlari va bozor qiymati o‘rtasida tafovut mavjud. Ro‘yxat banklar boshqaruvidagi aktivlarga ko‘ra tuzilgan). 1894 yilda tashkil etilgan bu bank dastlab fermerlarga xizmat ko‘rsatgan va keyinchalik deyarli barcha sohalarni qamrab olgan.

9 – Bank of America

Amerika nomini o‘zlashtirib olgan Bank of America bu davlatning ramzlaridan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab sochilib ketgan tarmoqlar va 2,281 trln dollar aktivlarga ega bu bank obro‘si juda balandligiga qaramay kamtargina 9-o‘rinni egallagan hamda bozor qiymati 325 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu jihatdan u dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2008 yilda Merrill Lynch bankini o‘ziga qo‘shib olganidan so‘ng faoliyat qamrovi yanada ortgan.

8 – BNP Paribas

Kuchli o‘nlikda Fransiyaning yana bir vakili mavjud. U 2000 yilda Parij Milliy banki (BNP) va Paribas banklari qo‘shiluvidan tashkil topgan hamda ikki nomni o‘zida jamlagan. 2,357 trln. dollar aktivga ega bu bankning dunyoning 80ga yaqin davlatlarida 40 mln nafardan ortiq mijozlari bor. Bozor qiymati ham yomonmas – 85 mlrd dollar.

7 – HSBC Holdings

Bu bankni bir necha davlatga tegishli deyish mumkin. HSBC bankining shtab-kvartirasi London shahrida joylashgan va uning tarmoqlari butun Yevropa bo‘ylab sochilib ketgan. 1885 yilda Hongkong va Shanxay bankalararo kooperatsiyasi tomonidan o‘sha paytda Britaniya koloniyasida tashkil etilgan bu muassasa nufuzi asrlar osha ko‘tarilib borib, bugungi kunda 80dan ortiq davlatlarda faoliyat yuritadi. HSBC nafaqat kreditlash, balki investitsion loyihalarda ham juda faol. Bozor qiymati – 175 mlrd dollar.