Amerika Qöşma Ştatlari Hamza bin Lodin vafot etgani töğrisida razvedka ma'lumotlariga ega böldi. U «Al-Qoida» terrorçilik taşkiloti asosçisi Usoma bin Lodin öğli hisoblanadi. Bu haqda NBC telekanali AQŞ ma'muriyatidagi uç mustaqil manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
«AQŞ «Al-Qoida» yetakçisining ehtimoliy vorisi va Usoma bin Lodin öğli ölgani haqida razvedka ma'lumotlarini qölga kiritdi», - deyiladi xabarda. Amerika mulozimlari uning ölimida Amerikaning ehtimoliy iştirokiga doir ma'lumotlar taqdim etmagan.
Avvalroq, AQŞ Hamza bin Lodin haqida axborot uçun 1 mln dollar mukofot berilişini e'lon qilgan edi. Unga nisbatan AQŞ sanksiyalari ham kuçda edi. U 2015 yil avgustidan rasman «Al-Qoida» a'zosi hisoblanib, ğarbiy mamlakatlar poytaxtlariga hujum qilişga çaqirib kelgan.








